26/02/2024

Statistika boshqarmasi Uy xo‘jaliklari tanlanma kuzatuvlari ma’lumotlariga asosan 2024- yilning 1- yanvar holatiga Namanganda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 55 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelgan. Shuningdek, viloyatimzda har 100 ta uy xo‘jaligiga o‘rtacha 54 ta kompyuter va planshetlar, 260 ta mobil telefonlar, 170 ta televizor, 72 ta  velosiped, 80 ta kir yuvish mashinalari, 78 ta elektr changyutgichlar, 40 ta konditsioner to‘g‘ri kelmoqda.