26/02/2024

2023- yilda Uchqo‘rg‘on tumanida barcha toifadagi xo‘jaliklar tomonidan jami 1 ming 580 tonna baliq ovlangan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 2022- yilga nisbatan 104,6 tonnaga ko‘paygan. Shuningdek, mazkur hududdan Rossiya va Tojikiston davlatlariga qiymati 938 ming AQSH dollarilik 184,4 tonna baliq mahsulotlari eksport qilingan.