28/02/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga Namangan shahrida jami 488 ta qurilish korxonalari faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ular tomonidan joriy yilning yanvar oyida qiymati 97,8 mlrd. so‘mlik qurilish va bunyodkorlik ishlari bajarilgan. O‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 109,6 %ga yetgan. Qurilish ishlarining 86,5 %i kichik korxona va mikrofirmalar, 4,4 %i yirik qurilish tashkilotlari hamda 9,1 %i norasmiy sektorlar tomonidan amalga oshirilgan.