2022/2023-oʻquv yili boshiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishida 1 009 271 nafar talaba tahsil olgan.
Talabalar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 317 872 nafar
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 167 970 nafar
Biznes, boshqaruv va huquq – 113 723 nafar
Sanʼat va gumanitar fanlar – 93 513 nafar
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 74 868 nafar
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 60 023 nafar
Xizmatlar – 46 852 nafar
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 46 556 nafar
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 46 066 nafar
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 41 828 nafar