2024- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari soni 4 909 ta bo‘lib, jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarning 17,8 foiz ulushini tashkil etdi. Shundan kichik biznes subyektlariga tegishli soni 4 858 taga to‘gri keldi.
Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni quyidagicha taqsimlangan:
- Namangan shahri – 1 787 ta
- Chust tumani – 417 ta
- Namangan tumani – 397 ta
- Kosonsoy tumani – 374 ta
- To‘raqo‘rg‘on tumani – 341 ta
- Uychi tumani – 321 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 262 ta
- Pop tumani – 237 ta
- Norin tumani – 226 ta
- Yangiqo‘rg‘on tumani – 220 ta
- Chortoq tumani – 207 ta
- Mingbuloq tumani – 120 ta