Joriy yilning 29- fevral kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi rahbariyati hamda Xizmatlar sohasi statistikasi bo'limi xodimlari tomonidan hududlarda o‘tkazilayotgan 4-transport (YaT) yakka tartibdagi avtotransport xizmatlarini ko‘rsatuvchi jismoniy shaxslarning tanlanma kuzatuvlarini oʻrganish ishlari olib borildi.
Mazkur kuzatuv jarayonida yuk tashuvchi shaxsiy avtotransport turlari, yuk ko'tarish qobilyati, bir marta tashishdagi o‘rtacha og'irligi, bir qatnovdan o'rtacha tushgan tushim, bir oyda ish kunlari soni, yukni bir kunda tashishning o‘rtacha uzoqligi yuzasidan so‘rovnomalar o‘tkazildi.
Shuningdek, tanlanma kuzatuvlarni sifatli tashkil etish yuzasidan registratorlarga tegishli koʻrsatma va topshiriqlar berildi.