2022-yilda Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim tashkilotlarining bakalavriat yoʻnalishini 86 458 nafar talaba bitirgan.
Bitiruvchilar soni sohalar boʻyicha quyidagicha:
Taʼlim – 28 190 nafar
Muhandislik, ishlov berish va qurilish sohalari – 16 789 nafar
Sanʼat va gumanitar fanlar – 9 704 nafar
Tabiiy fanlar, matematika va statistika – 6 722 nafar
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy taʼminot – 4 826 nafar
Biznes, boshqaruv va huquq – 4 771 nafar
Qishloq, oʻrmon, baliqchilik xoʻjaligi va veterinariya – 4 436 nafar
Axborot-kommunikasiya texnologiyalari – 4 212 nafar
Xizmatlar – 4 082 nafar
Ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot – 2 726 nafar