2023-yilning yanvar-dekabr oylarida Namangan viloyatida bank, sug‘urta, lizing, kredit va vositachilik faoliyati iqtisodiy faoliyat turi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi 9 mln. 378,6 ming so‘mni tashkil etib, o'sish sur'ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 132,0 %ga yetgan. Hududlar kesimida yuqori ko‘rsatkich Chust tumanida 14 mln. 497,1 ming so‘mni hamda Namangan shahrida 9 mln. 335,8 ming so‘mni tashkil etgan.