07/03/2024

 Joriy yilning 7- mart kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasida 8- mart  - Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi. 

Tadbir avvalida boshqarma boshlig‘i Sanjarbek Melixujayev Statistika sohasida faoliyat yuritib kelayotgan xotin-qizlarni bayram bilan samimiy muborakbod etib, mamlakatimizda ham xotin-qizlarni e’zozlash, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini takidladi. Ayniqsa, turli sohalarda mehnat qilayotgan aziz ayollarimizning o‘rni alohida ekanligi, yurtimiz taraqqiyotiga qo‘shayotgan hissalarini alohida e’tirof etdi. 

Tadbir davomida tizimda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Go‘zal va betakror, sevgi-muhabbat va sadoqat timsoli bo‘lgan ayollarga sihat-salomatlik, bahoriy kayfiyat, baxt-saodat, xonadonlarida tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka doimiy hamroh bo‘lsin!