11/03/2024

2024- yilning 1- fevral holatiga viloyatimizda jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) soni 27 632 tani tashkil etib, shundan, 84,3 foizini yoki 23 286 tasini tadbirkorlik subyektlari tashkil etganligi ma’lum bo‘ldi.

Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni quyidagi ko‘rinishda taqsimlangan:

  • Namangan shahri – 8 573 ta
  • Chust tumani – 2 389 ta
  • Pop tumani – 2 011 ta
  • Uchqo‘rg‘on tumani – 1 909 ta
  • To‘raqo‘rg‘on tumani – 1 814 ta
  • Chortoq tumani – 1 759 ta
  • Namangan tumani – 1 731 ta
  • Uychi tumani – 1 654 ta
  • Kosonsoy tumani – 1 645 ta
  • Yangiqo‘rg‘on tumani – 1 445 ta
  • Norin tumani – 1 407 ta
  • Mingbuloq tumani – 1 295 ta