2024-yilning yanvar oyida, Namangan viloyatida jami 293,8 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, o‘sish sur’ati 2023- yilning yanvar oyiga nisbatan 115,1 % ni tashkil etdi.
Qurilish ishlari hajmi yirik qurilish tashkilotlari, kichik korxona va mikrofirmalar hamda norasmiy sektorlarda amalga oshirilgan ishlar tarkibi bo‘yicha shakllanadi.
Qurilish ishlari hajmining tarkibi, % da
Yirik qurilish tashkilotlari - 2,4
Norasmiy sektor - 22,2
Kichik korxona va mikrofirmalar - 75,4
✅ Ma'lumot o‘rnida, qurilish ishlari hajmi bu – o‘z kuchi bilan bajarilgan qurilish ishlari, yangi qurilish, kapital va joriy ta’mirlash hamda boshqa pudrat qurilish ishlari natijasidir.