11/03/2024

2023- yil yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshirilgan qurilish ishlari hajmi 6 845,1 mlrd. so‘mni yoki qurilish ishlari umumiy hajmining 91,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2022- yil yanvardekabr oylariga nisbatan 110,3 % ni tashkil qildi.

Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng ko‘p bajarilgan qurilish ishlari hajmi Namangan shahri (1 816,9 mlrd. so‘m), Uychi (703,1 mlrd. so‘m), Chortoq (553,9 mlrd. so‘m), Kosonsoy (518,6 mlrd. so‘m), Namangan (501,2 mlrd. so‘m), Uchqo‘rg‘on (475,6 mlrd. so‘m) hamda Chust (417,3 mlrd. so‘m) tumanlarida qayd etildi.