2024-yilning yanvar oyida Namangan viloyatida 35,6 mlrd. so‘mlik ko‘chmas mulk bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatilgan bo‘lib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 106,6 %ni tashkil etdi. Viloyat bo'yicha ko'rsatilgan bozor xizmatlaridagi ulushi esa 2,5 %ga to‘g‘ri kelgan.