Mamlakatning eksport salohiyatini oshirish, eksportyorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, eksportbop mahsulotlar nomenklaturasini kengaytirish maqsadida amalga oshirilgan islohotlar natijasida, joriy yilning yanvar oyida viloyatimizdan 45,5 mln. AQSH dollari qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi taʼminlandi. Bu ko'rsatkich 2023- yilning mos davriga nisbatan 24,4 % ga ko‘paydi.
Eksport tarkibida tovarlar ulushi 73,4 % ni tashkil etib, ular sanoat tovarlari (57,9 %), oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar (12,0 %) va mashinalar va transport asbob-uskunalari (3,5 %) hissasiga toʻgʻri kelmoqda.