Namanganda 2024- yilning 1- fevral holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 23 125 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 485 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 661 ta
- Chust tumani – 106 ta
- Namangan tumani – 104 ta
- Uychi tumani – 102 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 464 ta
- sanoat sohasida – 274 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 240 ta
- qurilish sohasida – 219 ta
- tashish va saqlash sohasida – 98 ta