14/03/2024

2024- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, Namangan viloyatida sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 723 taga yetib, 2024- yilning yanvar-fevral oylarida bu sohada 15 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etildi.

Ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarga ega bo‘lgan tumanlar quyidagilardir:

  • Namangan shahri – 280 ta
  • Chust tumani – 60ta
  • Pop tumani – 50 ta
  • Kosonsoy tumani – 46 ta