14/03/2024

2024-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining “Ochiq ma’lumotlar portalini yanada takomillashtirish hamda mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlanish istiqbollari” mavzusida uchrashuv tashkil etildi.

1-dsc_9983_p55243

Uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktori o‘rinbosari Ziyayev Zoxidjon Muratovich boshchiligida Markaziy apparat xodimlari hamda BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari ishtirok etishdi.

2-dsc_9994_p62155

Tadbir davomida:

- Ochiq ma’lumotlardan amaliy foydalanishni ilgari surish;

- O‘zbekiston Respublikasining Ochiq ma’lumotlar portalini geofazoviy ma’lumotlarni joylashtirish imkoniyatlari yaratgan holda takomillashtirish;

- Ochiq ma’lumotlar bo’yicha startap-loyihalarni jadallashtirish;

- Ochiq ma’lumotlar portaliga integratsiya qilish orqali avtomatik ravishda joylashtirilgan ma’lumotlar to‘plamlari sonini oshirish;

- Ochiq ma’lumotlar portalida joylashtirilgan ma’lumotlar sonini oshirish va sifatini yanada yaxshilash;

- Ochiq ma’lumotlar portali bilan davlat organlarining idoraviy axborot tizimlari va resurslarini integratsiya qilish;

- Statistika tizimida katta hajmdagi ma’lumotlardan (BIG DATA) foydalanish, sun’iy intellekt (Artificial Intellegence) texnologiyalarni qo‘llash, shuningdek, sohada DATA SCIENSE ma’lumotlar ilmini joriy qilish kabi masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

3-dsc_9998_p12531

Tadbir yakunida BMTning Osiyo va Tinch okeani uchun iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi (ESKATO) ekspertlari mamlakatimizda ochiq ma’lumotlar ekotizimini rivojlantirish bo‘yicha o‘zlarining tegishli taklif va tavsiyalarini berib o‘tdi.

4-dsc_9995_p99968