2023- yilning yanvar-dekabr oylarida kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalar hajmi 13 831,2 milliard so‘mni yoki jami investitsiya hajmining 66,7 % ini tashkil etdi. O‘sish sur‘ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 133,9 % ni tashkil qildi.
Hududlar kesimida kichik tadbirkorlik subyektlarining eng yuqori asosiy kapitalga kiritilgan investitsiyalari hajmi Namangan shahri (4 112,5 mlrd. so‘m), Pop (1 559,2 mlrd. so‘m), Chust (1 436,1 mlrd. so‘m), Namangan (1 360,1 mlrd. so‘m), Chortoq (1 112,2 mlrd. so‘m), To‘raqo‘rg‘on (1 077,0 mlrd. so‘m), hamda Uychi (700,0 mlrd.so‘m) tumanlarida qayd etildi.