2024-yilning yanvar oyida jami 520,2 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Oʻzbekiston Respublikasiga kelgan chet el fuqarolarining yoshi boʻyicha taqsimlanish tahliliga koʻra, ularning asosiy qismini 31-55 yoshdagilar (263 453 nafar, jamiga nisbatan - 50,7 %) tashkil etgan.
Turistlarning yosh boʻyicha taqsimoti quyidagicha:
0-18 yosh – 71 153 nafar;
19-30 yosh – 82 576 nafar;
31-55 yosh – 263 453 nafar;
56 yosh va undan kattalar – 102 987 nafar.