14/03/2024

Statistik hisob-kitoblarga ko‘ra, 2024- yilning yanvar oyida viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 1088,7 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023-yilning yanvar oyiga nisbatan 11,8 % ga oshdi. Namangan viloyati miqyosida ushbu sektorning jami chakana savdo tovar aylanmasidagi ulushi 92,7 % ni tashkil etdi.