2024-yilning 13-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi vakillari va Buyuk Britaniya milliy Statistika boshqarmasi xodimlari o‘rtasida statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish bo‘yicha tajribasi almashinuviga doir onlayn uchrashuv b‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida Statistik registrlarni yuritish va tizimli xizmat ko‘rsatish boshqarmasi xodimlari Buyuk Britaniya milliy statistika xizmati xodimlariga statistik registrlarni yuritish amaliyoti va tajribalarini namoyish etdilar.
O‘z navbatida, Buyuk Britaniya milliy statistika boshqarmasi vakillari Buyuk Britaniyadagi korxonalarning statistik registrini yuritish tajribasi bilan tanishtirdilar.
Muzokaralar yakunida tomonlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish va ikki tomon uchun qiziq bo‘lgan masalalar bo‘yicha muloqot va uchrashuvlarni davom ettirishga kelishib oldilar.