Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 2024-yilning 1-yanvar holatiga respublika boʻyicha barcha toifadagi xoʻjaliklarda parrandalar soni 103 mln. boshga yetdi va 2023-yilning mos davriga nisbatan 5,8 % ga koʻpaydi.
Xoʻjalik toifalari boʻyicha tahlillar, parrandalar umumiy sonining 48,5 % i – dehqon va tomorqa xoʻjaliklari, 33,6 % i – qishloq xoʻjaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar, 17,9 % i– fermer xoʻjaliklari hissasiga toʻgʻri kelganligini koʻrsatmoqda.