19/03/2024

2024- yilning 1 mart holatiga Mingbuloq tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 1 284 tani tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 356 taga ko‘paygan. Faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlarning eng ko‘pi savdo sohasida 474 ta hamda sanoat sohasida 116 tani qayd etilgan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida mazkur tumanda jami 38 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilgan.