19/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida viloyatimizda 3,2 trln. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 111,3 %ni tashkil etdi. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha tahlil qilinganda savdoda 887,9 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 647,4 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 500,3 mlrd. so‘m,  aloqa va axborotlashtirish 159,7 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 210,4 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 84,7 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 77,2 mlrd. so‘m,  va boshqa sohalada 608,0 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.