19/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Yangi Namangan tumanida chakana savdo tovar aylanmasi hajmi 272,4 mlrd. so‘mni tashkil etib, 2023- yil mos davriga nisbatan 11,1 % ga ko‘paygan. Savdo aylanmasining 0,9 %i yirik korxonalar hamda 99,1 %i kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan chakana savdo tovar aylanmasi esa 1 mln 706,0 ming so‘mni tashkil etgan.