2024-yilning yanvar-fevral oyida jami 13 276 ta yangi korxona va tashkilotlar (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) tashkil etilgan.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha taqsimlangan:
savdo sohasida – 4 792 ta
sanoat sohasida – 2 081 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 1 140 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 1 121 ta
qurilish sohasida – 675 ta
axborot va aloqa sohasida – 563 ta
tashish va saqlash sohasida – 448 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish sohasida – 262 ta
boshqa sohalarda – 2 194 ta