19/03/2024

Joriy yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatning eksportyorlari tomonidan 42 ta davlatga 89,3 mln.AQSH.dollari (qimmatbaho metallar eksportidan tashqari) qiymatidagi tovar va xizmatlar eksport qilinishi ta’minlandi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilning mos davriga nisbatan 8,8 % ga ko‘paydi. Eksport tarkibida yuqori ulushni sanoat mahsulotlari 55,2 %, xar-xil tayyor mahsulotlar 23,0 % va oziq ovqat mahsulotlari 10,1 % hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Umumiy eksportning 66,8 %i Rossiya va Xitoy davlatlari hissasiga to‘g‘ri keladi.