19/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida ulgurji savdo tovar aylanmasi hajmi 1,5 trln. so‘mni tashkil etib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 114,4 % ga yetdi. Shu jumladan, yirik korxonalarning tovar aylanmasi 266,2 mlrd. so‘mni, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tovar aylanmasi 1220,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi. Savdo aylanmasining 60,0 %i Namangan shahri hissasiga to‘g‘ri keladi.