19/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatida 853,3 mlrd. so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 117,5 % ni, uning jami sanoatdagi ulushi esa 27,4 % ni tashkil etgan. Ishlab chiqarilgan to‘qimachilik mahsulotlarining 71,9 % ini yirik korxonalar, 27,6 % ini mikrofirmalar va kichik korxonalar hamda 0,5 % ini yakka tartibdagi mehnat faoliyati va uy xo‘jaliklari hissasiga to‘g‘ri kelgan.