19/03/2024

2024- yilning 1- mart holatiga Namangan viloyatida jami faoliyat ko‘rsatayotgan xususiy korxonalar soni 3 739 tani tashkil qildi. Eng ko‘p xususiy korxonalar Namangan shahrida – 835 ta, Chust tumanida – 761 ta, hamda Uchqo‘rg‘on tumanida – 298 ta qayd etilgan. Shuningdek, iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p xususiy korxonalar savdo sohasida – 1 399 ta, sanoat sohasida – 669 ta xamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi sohasida – 502 ta faoliyat ko‘rsatmoqda.