20/03/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Chortoq tumanida 170,6 mlrd. so‘mlik bozor xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib, aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 802,4 ming so‘mni tashkil etgan. Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha savdoda 54,2 mlrd. so‘m, transport xizmatlari 38,2 mlrd. so‘m, moliyaviy xizmatlar 17,4 mlrd. so‘m, aloqa va axborotlashtirish 10,7 mlrd. so‘m, ta’lim sohasidagi xizmatlar 4,7 mlrd. so‘m, yashash va ovqatlanish 2,4 mlrd. so‘m, sog‘liqni saqlash 7,1 mlrd. so‘m, va boshqa sohalada 36,0 mlrd. so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.