25/03/2024

2024- yil 25- mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda hududiy statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 04.03.2024- yildagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-114-son qarori hamda ushbu qaror bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi to‘g‘risidagi nizomni o‘rganish bo‘yicha seminar o‘tkazildi. 

Seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev yuqoridagi qaror bilan Statistika agentligi rasmiy statistika sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishi, o‘z faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan ko‘p yillik statistika dasturi hamda Statistika kengashi tomonidan tasdiqlanadigan bir yillik statistika dasturi asosida amalga oshirishligi, o‘z faoliyatida O’zbekiston Respublikasi Prezidentiga bevosita bo‘ysunishi va unga hisobot taqdim etishi, davlat buyurtmasi bo‘yicha statistika ishlarining bajarilishi to‘g‘risida esa har yili O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga hisobot berib borishligi, rasmiy statistikani shakllantirish bilan bog‘liq o‘z vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlaridan mustaqil ravishda amalga oshirishligi, statistika organlarining qonuniy faoliyatiga, shu jumladan, statistika kuzatuvlarini o‘tkazish, statistika ma’lumotlarini tayyorlash va ularni e’lon qilish jarayonlariga har qanday aralashishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilanganligi alohida takildladi. 

Shuningdek,  2025-yil 1-yanvardan boshlab, statistika kuzatuvlarini amalga oshirish jarayoniga konsalting kompaniyalari, oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlarini jalb etilishini, 2024-yil yakuniga qadar “Statistika” integrallashgan axborot tizimi vazirlik va idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinishi haqida ma’lumotlar berildi.

Semindar davomida O‘zbekiston   Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari, vazifalari hamda funksiyalari to‘g‘risida haqida ham tushunchalar beriib o‘tildi.