2023/2024- o‘quv yili boshida mamlakatimizdagi umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida ta’lim berayotgan o‘qituvchilar (o‘rindoshlarsiz) soni 547,7 ming nafarni tashkil etdi, ushbu ko‘rsatkich 2019/2020 - o‘quv yili boshiga nisbatan 61,1 ming nafarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.
Ularning yillar kesimidagi soni quyidagicha:
2019/2020-oʻquv yili boshiga 486,6 ming nafar;
2020/2021-oʻquv yili boshiga 508,2 ming nafar;
2021/2022-oʻquv yili boshiga 510,0 ming nafar;
2022/2023-oʻquv yili boshiga 521,6 ming nafar;
2023/2024-oʻquv yili boshiga 547,7 ming nafar.