2024- yilning 1- mart holatiga ko‘ra, viloyatimizda axborot va aloqa sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar jami soni 420 tani tashkil etgan. Shuningdek, joriy yilning yanvar-fevral oylarida ushbu sohada yana 29 ta korxonalar yangi tashkil etilgan bo'lib ularning hammasi kichik biznes subyektlaridir.
Quyidagi hududlarda ushbu sohada eng ko‘p faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar aks etgan:
- Namangan shahri – 173 ta
- Chust tumani – 36 ta
- Pop tumani – 30 ta
- Uychi tumani – 29 ta
- Uchqo‘rg‘on tumani – 29 ta