2024-yilning yanvar-fevral oyida Oʻzbekiston Respublikasida yirik korxona va tashkilotlar tomonidan 3 265,7 mlrd. soʻm qurilish ishlari bajarilib, 2023-yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 190,0 % ni tashkil etdi.
Yirik korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari hajmining barcha turdagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlari hajmidagi ulushi 20,2 % ni tashkil etib, 2023-yildagi koʻrsatkichga nisbatan 7,6 % punktga koʻpaydi.