Namanganda 2024- yilning 1- mart holatiga jami faoliyat ko‘rsatayotgan kichik biznes subyektlari (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) 22 583 ta bo‘lib, shundan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1 481 tani tashkil etgan.
Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari sonining yuqori ko‘rsatkichlari quyidagi tumanlarda qayd etilgan:
- Namangan shahri – 660 ta
- Chust tumani – 106 ta
- Namangan tumani – 103 ta
- Uychi tumani – 100 ta
Iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha esa kichik tadbirkorlik subyektlari soni quyidagicha taqsimlangan:
- savdo sohasida – 460 ta
- sanoat sohasida – 274 ta
- yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida – 240 ta
- qurilish sohasida – 219 ta
- tashish va saqlash sohasida – 98 ta