21/02/2024

2024- yil 21- fevral kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi hamda tuman (shahar) statistika bo‘limlari xodimlari ishtirokida “Korrupsiya - adolat va jamiyat kushandasi” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda korrupsiyaning oldini olishimiz va unga yo‘l qo‘ymaslik lozimligi to‘g‘risida batafsil tushunchalar berilib, korrupsiya illati  har qanday  davlatni barqarorlik bilan  taraqqiy  etishiga to‘sqinlik qilishi va   unga  qarshi kurashish butun dunyo mamlakatlarining dolzarb muammosi bo‘lib qolayotganligi, korrupsiya va poraxo‘rlik davlatni ich-ichidan yemirishi, adolat va jamiyat kushandasiga aylanishi ta’kidlandi.