19/03/2024

2024- yil 19- mart kuni Namangan viloyat statistika boshqarmasi “Korrupsiyaga qarshi kurashish - barchamizning burchimiz” mavzusida seminar o‘tkazildi.

Seminarda boshqarma bosh yuriskonsulti B.Ismatullayev tomonidan korrupsiyaning har qanday shakldagi ko‘rinishiga qarshi keng ko‘lamda samarali ishlar amalga oshirilayotganligini va bu borada aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilayotganligini, fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati ochiqligini, huquqni muhofaza qilish va sud organlari faoliyatining huquqiy asoslari isloh qilinganligini, bularning barchasi korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish uchun amalga oshirilayotganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, mamlakatimizda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, huquqni qo‘llash amaliyotida ba’zi holatlarda mansabdor shaxslarning korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etayotganlik holatlari hali hamon uchrayotganligini gapirib o‘tdi va ularga misollar ham keltirib o‘tdi.