Joriy yilning 5- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 3.01.2024-yilda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini isloh etish va sohani raqamlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-1-son Farmoni to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Mazkur qarorda 2024- yil 1- maydan boshlab sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etilishi, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanishi, bunda daromadlarning kafolatlangan eng kam miqdori fuqarolarning qarzdorliklari bo‘yicha pul mablag‘larini undirishda qo‘llanilishi va belgilangan mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmiga mos kelishi, fuqaroning bank hisobvaraqlaridan, jumladan bank kartalaridan ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorlik bo‘yicha pul mablag‘larini mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidagi mablag‘lar hisobidan ushlab qolish (hisobdan chiqarish) taqiqlanishi, ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi pochta xarajatlari bo‘yicha qarzdorlikni undirishga ham tatbiq etilishi tartibi o‘rnatilishini aytib o‘tdi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.