Joriy yilning 26- yanvar kuni Namangan viloyati statistika boshqarmasi xodimlari ishtirokida "Huquqiy bilimlarni mustahkamlash" mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi.
Mazkur o'quv seminarida Statistika boshqarmasi bosh yuriskonsulti B. Ismatullayev tomonidan 2024- yil yanvar oyi davomida O‘zbekiston Respublikasining 8 ta yangi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 27 ta Farmon va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining 25 ta qarori qabul qilinganligi to‘g‘risida xodimlarga ma’lumotlar berib o‘tildi.
Seminar davomida xodimlar tomonidan berilgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil ma'lumotlar berildi.