26/03/2024

Joriy yilning 26-mart kuni Chortoq tumani "Oqterak" mahallar fuqorolar yig'inida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi bo'lib o'tdi. Ushbu kuzatuvda Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari R. Jiyanov ishtirok etib, shu mahallaning Yangilanish ko'chasida istiqomat qiluvchi Eshmatova Rahimoxon bilan yaqindan suhbatlashdi.

Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.

Ma'lumot o'rnida: Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.