Joriy yilning 11-mart kuni Yangiqo‘rg‘on tumani "Qayroqi" mahallar fuqorolar yig'inida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi bo'lib o'tdi. Ushbu kuzatuvda Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i S. Melixujayev ishtirok etib, shu mahallaning Koinot ko'chasida istiqomat qiluvchi Maxkamov Donyorjon bilan yaqindan suhbatlashdi.
Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.
Ma'lumot o'rnida: Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.