15/02/2024

Joriy yilning 15- fevral kuni Yangiqo‘rg‘on tumani "Qorayantoq" mahallar fuqorolar yig'inida uy-joylarning tanlanma kuzatuvi bo'lib o'tdi. Ushbu kuzatuvda Namangan viloyat statistika boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari B. Xoliqov ishtirok etib, shu mahallaning Qorayantoq ko'chasida istiqomat qiluvchi Dedabayev Abdurahmon xonadonida bo'ldi.

Tanlanma kuzatuvni to‘g‘ri va shaffof tashkil etish hamda ma’lumotlarni planshetlarga xatosiz kiritish bo‘yicha intervyuyerlarga kerakli topshiriqlar berdi.

Ma'lumot o'rnida: Uy xo‘jaliklarida o‘tkazilgan kuzatuvlar natijalari asosida ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning aholi turmush darajasiga ta’sirini o‘rganish va mamlakat aholisi farovonligini yanada yuksaltirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlarni ishlab chiqish uchun ma’lumotlar shakllantiriladi.