02/04/2024

Insonlar nega qaysidir vaziyatni suratga muhirlaydi? Suratlar aynan biror voqea yoki lahzani xotira sifatida saqlash yoki biror bir hodisa tafsilotini boshqalarga yetkazish uchun kerak, shunday emasmi?

Aholini ro‘yxatga olish ham huddi suratga tushishdek gap, faqat bunda davlatning ma’lum davrdagi demografik holati faktlashtiriladi. Ko‘pchilik mamlakatlarda har 10 yilda aholini ro‘yxatga olish o‘tkaziladi.

O‘zbekistonda so‘nggi marta aholini ro‘yxatga olish ishlari 1989 yilda o‘tkazilgan. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasida aholini ro‘yxatga olish o‘tkazilmagan. Mamlakatimiz aholi sonini aniq hisoblab chiqish ularning jinsi, yoshi, oilaviy ahvoli, ma’lumoti, turmush darajasi, yashash sharoiti, bandligi, millati, fuqaroligi hamda boshqa demografik, ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlari bo‘yicha yagona ma’lumotlar bazasini yaratish maqsadida, davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida Aholini ro‘yhatga olishni o‘tkazish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” gi farmon imzolandi.