Dastlabki maʼlumotlarga asosan, 2023-yilning yanvar-dekabr oylarida respublika boʻyicha jami 2 833,3 ming tonna goʻsht (tirik vaznda) yetishtirildi, ushbu koʻrsatkich 2022-yilning mos davriga nisbatan 103,9 % ni tashkil etdi.
Goʻsht yetishtirish umumiy hajmining eng yuqori ulushi Samarqand viloyati (11,5 %) hissasiga toʻgʻri keldi.
Shu bilan birga, Qashqadaryo (11,5 %), Toshkent (10,8 %) va Buxoro (10,5 %) viloyatlarida ham goʻsht yetishtirishning yuqori koʻrsatkichlari qayd etildi.