2024 yilning yanvar-fevral oylarida Namangan viloyatining chakana savdo tovar aylanmasi tarkibida yirik korxonalarning tovar aylanmasi hajmi 175,8 mlrd. so‘mni tаshkil qildi. Bu esa umumiy savdo hajmining 6,3 % ulushiga to‘g‘ri keldi. Shuningdek, o‘sish sur'ati 2023- yilning yanvar-fevral oyiga nisbatan 118,0 % ga yetgan.