2024-yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 13 ming nafar chet el fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasiga tashrif buyurgan.
Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 2 ming nafarga yoki 18,5 % ga oshgan.
Joriy yilning dastlabki 2 oyida eng koʻp quyidagi mamlakatlar fuqarolari davolanish maqsadida Oʻzbekistonga kelgan (nafar):
Tojikiston – 8 696;
Qozogʻiston – 1 983;
Qirgʻiz Respublikasi – 1 923;
Rossiya — 220;
Turkmaniston – 144;
Boshqa davlatlar – 28.