04/04/2024

2024- yilning yanvar-fevral oylarida Kosonsoy tumanining tashqi savdo aylanmasi 16,7 mln. AQSH dollarini tashkil etib, o'sish sur'ati 2023- yilning mos davriga nisbatan 126,6 %ga yetgan. Savdo aylanmasida eksport hajmi 12,9 mln. AQSH dollarini, import hajmi esa 3,8 mln. AQSH dollarini tashkil etgan. Viloyat bo'yicha tashqi savdo aylanmasida Kosonsoy tumanining qo'shgan ulushi 7,9 %ga to'g'ri kelmoqda.