Oʻzbekistonda 2024-yil 1-mart holatiga koʻra, 408 943 ta tadbirkorlik subyektlari (fermer va dehqon xoʻjaliklarisiz) faoliyat koʻrsatmoqda.
Ular iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha quyidagicha:
savdo sohasida – 153 764 ta
sanoat sohasida – 66 646 ta
qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi sohasida – 35 263 ta
qurilish sohasida – 33 520 ta
yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar sohasida – 27 814 ta
tashish va saqlash sohasida – 17 408 ta
axborot va aloqa sohasida – 10 185 ta
sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmat koʻrsatish sohasida – 9 585 ta
boshqa sohalarda – 54 758 ta