2023- yilning yanvar-dekabr oylarida Uchqo‘rg‘on tumanida asosiy kapitalga 724,1 mlrd so‘mlik investitsiyalar kiritilgan bo‘lib, o‘sish sur’ati 2022- yilning mos davriga nisbatan 119,3 % ni tashkil etdi. Aholi jon boshiga to'g'ri keladigan investitsiyalar hajmi 3 943,8 ming so'mga yetgan. Shuningdek, investiyiya dasturi doirasida 2023- yilda Uchqo‘rg‘on tumanda 113,0 ming kvadrat metr yakka tartibdagi turar joylar foydalanishga topshirilgan.